
Cosmoprof Worldwide Bologna 2025
“Pharm Service” davlat muassasasi tomonidan xalqaro ko‘rgazmada milliy stend tashkil etilib, farmatsevtika va kosmetika sohasi vakillari bilan hamkorlik uchrashuvlari o‘tkazildi.




“Pharm Service” davlat muassasasi tomonidan xalqaro ko‘rgazmada milliy stend tashkil etilib, farmatsevtika va kosmetika sohasi vakillari bilan hamkorlik uchrashuvlari o‘tkazildi.




“Pharm Service” DM tashabbusi bilan O‘zbekistonda Yevro GMP bo‘yicha xalqaro konsultantlarning ishchi tashrifi tashkil etildi. Tashrif davomida “Bion Healthcare” bilan hamkorlikda mahalliy farmatsevtika korxonalarida boshlang‘ich audit va diagnostik baholash ishlari amalga oshirildi.






“Pharm Service” DM vakillari CPHI Frankfurt 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etib, farmatsevtika kompaniyalari, distribyutorlar va xalqaro hamkorlar bilan B2B uchrashuvlar o‘tkazdi. Tadbir davomida O‘zbekiston farmatsevtika sanoatining salohiyati, eksport imkoniyatlari hamda yangi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.





“Pharm Service” DM tomonidan JETRO ko‘magida Yaponiyaning yetakchi farmatsevtika kompaniyalari vakillari bilan B2B uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvlarda investitsion hamkorlik, eksport imkoniyatlari, texnologiya transferi va ilg‘or ishlab chiqarish tajribalarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.





“Pharm Service” DM tomonidan mahalliy farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari uchun Yangtze River Pharmaceutical Group korxonasiga biznes tashrif tashkil etildi. Tashrif davomida ishtirokchilar xalqaro tajriba almashish, zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishish va yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.





“Pharm Service” DM Eurasian Pharma Expo 2025 xalqaro ko‘rgazmasining rasmiy hamkori sifatida tadbirning marketing targ‘iboti, ishtirokchilarni jalb etish va B2B uchrashuvlarni tashkil etish jarayonlarida faol ishtirok etdi. Ko‘rgazma doirasida mahsulotlar taqdimoti, biznes muzokaralar va yangi hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.




“Pharm Service” DM tashabbusi bilan “PHARMACO GLOBAL” kompaniyasining Yevro GMP bo‘yicha xalqaro ekspertlari O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mahalliy farmatsevtika korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlari, sifat nazorati tizimi va GMP talablariga muvofiqlik bo‘yicha dastlabki ekspert baholash ishlari amalga oshirildi.




Takliflar uchun murojaat qiling.
Buyurtma bering