Portfolio

PHARMACO GLOBAL - EU GMP Expert Assessment

Marketing

“Pharm Service” davlat muassasasi tashabbusi bilan O‘zbekistonga “PHARMACO GLOBAL” kompaniyasining Yevro GMP bo‘yicha xalqaro ekspertlari tashrifi tashkil etildi.

Mazkur tashrifning asosiy maqsadi mahalliy farmatsevtika korxonalarini Yevro GMP talablariga muvofiqlashtirish, ishlab chiqarish sifatini oshirish hamda mahsulotlarning xalqaro bozorlarga chiqish salohiyatini kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.

Tashrif doirasida xalqaro tajribaga ega yetakchi mutaxassislar — dr. Rohit J. Ochaney hamda dr. Balakrishna Chari mamlakatimizdagi bir qator farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalarida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari, sifat nazorati tizimi, laboratoriya faoliyati va texnologik amaliyotlar bilan yaqindan tanishdilar.

Jumladan, Radiks, Mediofarm, Merry Med, Zuma Pharma va Remedy Group korxonalarida ishlab chiqarish infratuzilmasi, GMP hujjatlari, sifat menejmenti tizimi hamda amaldagi jarayonlarning xalqaro standartlarga muvofiqligi yuzasidan dastlabki ekspert baholash ishlari amalga oshirildi.

Baholash jarayonida ishlab chiqarish amaliyotlarini takomillashtirish, sifat tizimlarini mustahkamlash, xalqaro standartlarga bosqichma-bosqich moslashish hamda eksport imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar berildi.

Ushbu tashrif O‘zbekiston farmatsevtika sanoatini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish va ularning mahsulotlarini global bozorlarga olib chiqish yo‘lidagi muhim amaliy qadamlardan biri bo‘ldi.

Takliflar uchun murojaat qiling.

Buyurtma bering
projects_page.projects.pharmaco_global.title | Pharm Service