Portfolio
Cosmoprof Worldwide Bologna 2025
Marketing
Ko‘rgazma doirasida farmatsevtika, kosmetika, ishlab chiqarish, xomashyo, qadoqlash va distribyutsiya yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi xorijiy kompaniyalar vakillari bilan hamkorlik uchrashuvlari o‘tkazildi.
Milliy stend orqali O‘zbekistonning farmatsevtika va kosmetika sanoati salohiyati, mahalliy ishlab chiqaruvchilar imkoniyatlari, eksport yo‘nalishlari hamda investitsion hamkorlik uchun mavjud sharoitlar xalqaro auditoriyaga taqdim etildi.
Tadbir davomida “Pharm Service” mutaxassislari xorijiy hamkorlar bilan B2B uchrashuvlar tashkil etib, yangi biznes aloqalarni yo‘lga qo‘yish, mahsulotlarni xalqaro bozorlarga olib chiqish, texnologik hamkorlik va distribyutsiya imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Cosmoprof Worldwide Bologna 2025 ko‘rgazmasida ishtirok etish O‘zbekiston farmatsevtika va kosmetika sohasini xalqaro maydonda targ‘ib qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirish hamda xorijiy kompaniyalar bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qildi.
Marketing
Boshqa loyihalar

Takliflar uchun murojaat qiling.
Buyurtma bering


