Portfolio

JETRO - Yaponiya farmatsevtika delegatsiyasi

Marketing

“Pharm Service” davlat muassasasi tomonidan Yaponiyaning yetakchi farmatsevtika <%kompaniyalar vakillaridan iborat JETRO delegatsiyasi bilan investitsiya, eksport va texnologik hamkorlik yo‘nalishlarida uchrashuvlar tashkil etildi.

2025-yil 4–6-noyabr kunlari JETRO — Japan External Trade Organization ko‘magida Yaponiya farmatsevtika sohasi vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrifdan asosiy maqsad O‘zbekiston farmatsevtika sanoatining investitsion salohiyatini o‘rganish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish hamda texnologiya transferi bo‘yicha amaliy muloqotlarni yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘ldi.

Tashrif doirasida “Pharm Service” DM hamda O‘zbekiston farmatsevtika sohasi vakillari ishtirokida B2B uchrashuvlar tashkil etildi. Muzokaralarda mahalliy ishlab chiqarish imkoniyatlari, dori vositalari va farmatsevtika mahsulotlarini eksport qilish, ilg‘or ishlab chiqarish tajribalarini joriy etish, shuningdek qo‘shma loyihalar bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Delegatsiya tarkibida Shinsei Pharmaceutical Industry, Daibutsudo Pharmaceutical, Sato Yakuhin Kogyo, Shiseido Pharmaceutical, Tamura Pharmaceutical hamda Yamato Godo Pharmaceutical kabi yapon kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvlar davomida O‘zbekistonda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish uchun yaratilgan sharoitlar, investorlarga taqdim etilayotgan imkoniyatlar, mahalliy korxonalar salohiyati va xalqaro standartlar asosida ishlab chiqarishni kengaytirish masalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur tashrif O‘zbekiston va Yaponiya farmatsevtika kompaniyalari o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish, texnologik almashinuvni kuchaytirish hamda mahalliy farmatsevtika mahsulotlarining xalqaro bozorlarga chiqish salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Takliflar uchun murojaat qiling.

Buyurtma bering
projects_page.projects.jetro_pharm.title | Pharm Service