Marketing

PHARMACO GLOBAL - EU GMP Expert Assessment

“Pharm Service” DM tashabbusi bilan “PHARMACO GLOBAL” kompaniyasining Yevro GMP bo‘yicha xalqaro ekspertlari O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mahalliy farmatsevtika korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlari, sifat nazorati tizimi va GMP talablariga muvofiqlik bo‘yicha dastlabki ekspert baholash ishlari amalga oshirildi.

Loyiha haqida batafsil

“Pharm Service” davlat muassasasi tashabbusi bilan O‘zbekistonga “PHARMACO GLOBAL” kompaniyasining Yevro GMP bo‘yicha xalqaro ekspertlari tashrifi tashkil etildi.

Mazkur tashrifning asosiy maqsadi mahalliy farmatsevtika korxonalarini Yevro GMP talablariga muvofiqlashtirish, ishlab chiqarish sifatini oshirish hamda mahsulotlarning xalqaro bozorlarga chiqish salohiyatini kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.

Tashrif doirasida xalqaro tajribaga ega yetakchi mutaxassislar — dr. Rohit J. Ochaney hamda dr. Balakrishna Chari mamlakatimizdagi bir qator farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalarida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari, sifat nazorati tizimi, laboratoriya faoliyati va texnologik amaliyotlar bilan yaqindan tanishdilar.

Jumladan, Radiks, Mediofarm, Merry Med, Zuma Pharma va Remedy Group korxonalarida ishlab chiqarish infratuzilmasi, GMP hujjatlari, sifat menejmenti tizimi hamda amaldagi jarayonlarning xalqaro standartlarga muvofiqligi yuzasidan dastlabki ekspert baholash ishlari amalga oshirildi.

Baholash jarayonida ishlab chiqarish amaliyotlarini takomillashtirish, sifat tizimlarini mustahkamlash, xalqaro standartlarga bosqichma-bosqich moslashish hamda eksport imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar berildi.

Ushbu tashrif O‘zbekiston farmatsevtika sanoatini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish va ularning mahsulotlarini global bozorlarga olib chiqish yo‘lidagi muhim amaliy qadamlardan biri bo‘ldi.

Loyihadan lavhalar

  • PHARMACO GLOBAL - EU GMP Expert Assessment — 1
  • PHARMACO GLOBAL - EU GMP Expert Assessment — 2
  • PHARMACO GLOBAL - EU GMP Expert Assessment — 3

O'xshash strategik loyihalar

  • Marketing

    Cosmoprof Worldwide Bologna 2025

    “Pharm Service” davlat muassasasi tomonidan xalqaro ko‘rgazmada milliy stend tashkil etilib, farmatsevtika va kosmetika sohasi vakillari bilan hamkorlik uchrashuvlari o‘tkazildi.

  • Marketing

    EU GMP Consultants Visit - Bion Healthcare

    “Pharm Service” DM tashabbusi bilan O‘zbekistonda Yevro GMP bo‘yicha xalqaro konsultantlarning ishchi tashrifi tashkil etildi. Tashrif davomida “Bion Healthcare” bilan hamkorlikda mahalliy farmatsevtika korxonalarida boshlang‘ich audit va diagnostik baholash ishlari amalga oshirildi.

  • Marketing

    CPHI Frankfurt 2025

    “Pharm Service” DM vakillari CPHI Frankfurt 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etib, farmatsevtika kompaniyalari, distribyutorlar va xalqaro hamkorlar bilan B2B uchrashuvlar o‘tkazdi. Tadbir davomida O‘zbekiston farmatsevtika sanoatining salohiyati, eksport imkoniyatlari hamda yangi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.