Referens standart namunalari va reagentlar bilan ta’minlash

Pharm Service — farmatsevtika korxonalari, sifat nazorati va tadqiqot laboratoriyalarini referens standart namunalari va reagentlar bilan buyurtma asosida ta’minlashga ko‘maklashadi.

Mahsulot katalogidan qidirish

CATO katalogidagi 97 388 ta referens standart va reagent orasidan nomi, katalog raqami yoki CAS raqami bo‘yicha qidiring, keraklilarini qo‘shib bitta so‘rov yuboring.

CATO Research Chemicals

Farmatsevtika laboratoriyalari uchun zarur mahsulotlar

Referens standart namunalari dori vositalarining identifikatsiyasi va miqdoriy tahlilini o‘tkazish, aralashmalarni aniqlash hamda analitik usullarni tekshirishda qo‘llaniladi.

Reagentlar namuna va eritmalar tayyorlash hamda laboratoriya tahlillarini bajarish uchun ishlatiladi.

Taklif etiladigan mahsulotlar

  • Referens standart namunalari

    Tayyor dori vositasi, faol farmatsevtik substansiyalar, tegishli aralashmalar va boshqa tahlil ob’ektlari uchun referens standart namunalari buyurtma asosida taklif etiladi. Mahsulotning turi, ishlab chiqaruvchisi, qadoq hajmi va mavjud hujjatlari har bir buyurtma bo‘yicha aniqlashtiriladi.

  • Farmakopeya standartlari

    Talab va mavjudlikdan kelib chiqib, farmakopeya talablariga muvofiq standart namunalarni qidirish va yetkazib berish tashkil etiladi. Mahsulotning mavjudligi va yetkazib berish muddati so‘rov asosida tasdiqlanadi.

  • Laboratoriya reagentlari va erituvchilar

    Farmatsevtika tahlillarida qo‘llaniladigan kislotalar, erituvchilar, tuzlar va boshqa laboratoriya kimyoviy moddalari buyurtma asosida taklif etiladi.

Buyurtma berish tartibi

  1. Qadam 01

    So‘rov yuborish

    Buyurtmachi mahsulot nomi, CAS raqami, kerakli miqdori va qadoq hajmini ko‘rsatgan holda so‘rov yuboradi.

  2. Qadam 02

    Talablarni aniqlashtirish

    Zarur bo‘lsa, ishlab chiqaruvchi, katalog raqami, farmakopeya turi yoki reagentning tozalik darajasi aniqlashtiriladi.

  3. Qadam 03

    Mavjudlikni tekshirish

    Mahsulotning mavjudligi, unga tegishli hujjatlar va taxminiy yetkazib berish muddati tekshiriladi.

  4. Qadam 04

    Tijorat taklifi

    Narx, to‘lov va yetkazib berish shartlari ko‘rsatilgan tijorat taklifi taqdim etiladi.

  5. Qadam 05

    Buyurtmani rasmiylashtirish

    Kelishilgan shartlar asosida buyurtma rasmiylashtiriladi.

  6. Qadam 06

    Mahsulotni topshirish

    Mahsulot kelib tushgach, buyurtmachiga kelishilgan tartibda topshiriladi.

So‘rov yuborish uchun zarur ma’lumotlar

  1. 01Mahsulotning to‘liq nomi va CAS raqami
  2. 02Ishlab chiqaruvchi yoki katalog raqami, agar ma’lum bo‘lsa
  3. 03Kerakli qadoq hajmi va miqdori
  4. 04Reagent uchun zarur tozalik darajasi yoki qo‘llanish sohasi
  5. 05Buyurtmachi tashkilotning nomi va aloqa ma’lumotlari

Sertifikatlar

Buyurtma va yetkazib berish shartlari

Xizmat yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan. Hisob-kitob va yetkazib berish shartlari har bir buyurtma bo‘yicha tijorat taklifida ko‘rsatiladi.

Mahsulot narxi, mavjudligi va yetkazib berish muddati ishlab chiqaruvchi yoki yetkazib beruvchidan tasdiq olingandan so‘ng aniqlashtiriladi.

Agentlik manzili
BioPharma City
Qo'llab-quvvatlash telefoni
1833

So‘rov yuborish