Marketing

EU GMP Consultants Visit - Bion Healthcare

“Pharm Service” DM tashabbusi bilan O‘zbekistonda Yevro GMP bo‘yicha xalqaro konsultantlarning ishchi tashrifi tashkil etildi. Tashrif davomida “Bion Healthcare” bilan hamkorlikda mahalliy farmatsevtika korxonalarida boshlang‘ich audit va diagnostik baholash ishlari amalga oshirildi.

Loyiha haqida batafsil

“Pharm Service” davlat muassasasi tashabbusi bilan mahalliy farmatsevtika ishlab chiqaruvchilarini Yevro GMP talablariga moslashtirish, ishlab chiqarish jarayonlarida sifatni oshirish hamda mahsulotlarning xalqaro bozorlarga chiqish salohiyatini kuchaytirish maqsadida O‘zbekistonda Yevro GMP bo‘yicha xalqaro konsultantlarning ishchi tashrifi tashkil etildi.

Mazkur tashrif doirasida “Bion Healthcare” kompaniyasi bilan hamkorlikda qator mahalliy farmatsevtika korxonalarida boshlang‘ich audit va diagnostik baholash ishlari amalga oshirildi. Audit jarayonlariga xalqaro tajribaga ega yetakchi mutaxassislar — Dr. Gyan Prakash Ujalayan, Dr. Ferenc Lukacs, shuningdek SPM kompaniyasi ekspertlari Mr. Subhah Parkhey va Mr. Manoj Dubay jalb etildi.

Ishchi tashrif davomida “Serene Healthcare” MChJ XK, “Dentafill Plyus” MChJ, “Radiks” MChJ, “Laxisam Pharmaceuticals” MChJ, “River Med Pharm” MChJ hamda “Jurabek Laboratories” MChJ QK korxonalarida ishlab chiqarish infratuzilmasi, sifat menejmenti tizimi, GMP hujjatlari va amaliyotlari, risklarni boshqarish hamda validatsiya jarayonlari Yevro GMP talablariga muvofiq kompleks baholandi.

Tashrif yakunlari bo‘yicha har bir korxona uchun mavjud holat yuzasidan ekspert xulosalari shakllantirilishi, aniqlangan nomuvofiqliklar va takomillashtirish talab etiladigan yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilishi rejalashtirildi. Shuningdek, korxonalarni Yevro GMP talablariga bosqichma-bosqich moslashtirishga qaratilgan individual “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu tashrif mahalliy farmatsevtika korxonalarida xalqaro sifat standartlarini joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish va O‘zbekiston farmatsevtika sanoatining xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

Loyihadan lavhalar

  • EU GMP Consultants Visit - Bion Healthcare — 1
  • EU GMP Consultants Visit - Bion Healthcare — 2
  • EU GMP Consultants Visit - Bion Healthcare — 3
  • EU GMP Consultants Visit - Bion Healthcare — 4
  • EU GMP Consultants Visit - Bion Healthcare — 5

Tadbirdan video lavhalar

EU GMP Consultants Visit - Bion Healthcare — 1

EU GMP Consultants Visit - Bion Healthcare — 1

O'xshash strategik loyihalar

  • Marketing

    Cosmoprof Worldwide Bologna 2025

    “Pharm Service” davlat muassasasi tomonidan xalqaro ko‘rgazmada milliy stend tashkil etilib, farmatsevtika va kosmetika sohasi vakillari bilan hamkorlik uchrashuvlari o‘tkazildi.

  • Marketing

    CPHI Frankfurt 2025

    “Pharm Service” DM vakillari CPHI Frankfurt 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etib, farmatsevtika kompaniyalari, distribyutorlar va xalqaro hamkorlar bilan B2B uchrashuvlar o‘tkazdi. Tadbir davomida O‘zbekiston farmatsevtika sanoatining salohiyati, eksport imkoniyatlari hamda yangi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

  • Marketing

    JETRO - Yaponiya farmatsevtika delegatsiyasi

    “Pharm Service” DM tomonidan JETRO ko‘magida Yaponiyaning yetakchi farmatsevtika kompaniyalari vakillari bilan B2B uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvlarda investitsion hamkorlik, eksport imkoniyatlari, texnologiya transferi va ilg‘or ishlab chiqarish tajribalarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.