Marketing

CPHI Frankfurt 2025

“Pharm Service” DM vakillari CPHI Frankfurt 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etib, farmatsevtika kompaniyalari, distribyutorlar va xalqaro hamkorlar bilan B2B uchrashuvlar o‘tkazdi. Tadbir davomida O‘zbekiston farmatsevtika sanoatining salohiyati, eksport imkoniyatlari hamda yangi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Loyiha turi
Ko'rgazmalar va kongresslar

Loyiha haqida batafsil

“Pharm Service” davlat muassasasi vakillari CPHI Frankfurt 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etib, farmatsevtika sohasi bo‘yicha xorijiy kompaniyalar bilan yangi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

Ko‘rgazma davomida farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, distribyutorlar, xomashyo yetkazib beruvchilar, texnologik uskunalar ishlab chiqaruvchilari hamda xalqaro konsalting kompaniyalari vakillari bilan B2B uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda O‘zbekiston farmatsevtika sanoatining investitsion salohiyati, mahalliy ishlab chiqaruvchilar imkoniyatlari, eksport yo‘nalishlari, GMP standartlarini joriy etish hamda xalqaro bozorlarga chiqish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, xorijiy hamkorlarga O‘zbekistonda farmatsevtika sohasida yaratilgan sharoitlar, ishlab chiqarish loyihalari, ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari va mahalliy kompaniyalar bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

CPHI Frankfurt 2025 ko‘rgazmasidagi ishtirok “Pharm Service” faoliyatida xalqaro aloqalarni kengaytirish, mahalliy farmatsevtika korxonalarini global hamkorlar bilan bog‘lash va O‘zbekiston farmatsevtika sanoatini xalqaro maydonda targ‘ib qilishga xizmat qildi.

Loyihadan lavhalar

  • CPHI Frankfurt 2025 — 1
  • CPHI Frankfurt 2025 — 2
  • CPHI Frankfurt 2025 — 3
  • CPHI Frankfurt 2025 — 4

O'xshash strategik loyihalar

  • Marketing

    Cosmoprof Worldwide Bologna 2025

    “Pharm Service” davlat muassasasi tomonidan xalqaro ko‘rgazmada milliy stend tashkil etilib, farmatsevtika va kosmetika sohasi vakillari bilan hamkorlik uchrashuvlari o‘tkazildi.

  • Marketing

    EU GMP Consultants Visit - Bion Healthcare

    “Pharm Service” DM tashabbusi bilan O‘zbekistonda Yevro GMP bo‘yicha xalqaro konsultantlarning ishchi tashrifi tashkil etildi. Tashrif davomida “Bion Healthcare” bilan hamkorlikda mahalliy farmatsevtika korxonalarida boshlang‘ich audit va diagnostik baholash ishlari amalga oshirildi.

  • Marketing

    JETRO - Yaponiya farmatsevtika delegatsiyasi

    “Pharm Service” DM tomonidan JETRO ko‘magida Yaponiyaning yetakchi farmatsevtika kompaniyalari vakillari bilan B2B uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvlarda investitsion hamkorlik, eksport imkoniyatlari, texnologiya transferi va ilg‘or ishlab chiqarish tajribalarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.