Marketing

JETRO - Yaponiya farmatsevtika delegatsiyasi

“Pharm Service” DM tomonidan JETRO ko‘magida Yaponiyaning yetakchi farmatsevtika kompaniyalari vakillari bilan B2B uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvlarda investitsion hamkorlik, eksport imkoniyatlari, texnologiya transferi va ilg‘or ishlab chiqarish tajribalarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Loyiha haqida batafsil

“Pharm Service” davlat muassasasi tomonidan Yaponiyaning yetakchi farmatsevtika <%kompaniyalar vakillaridan iborat JETRO delegatsiyasi bilan investitsiya, eksport va texnologik hamkorlik yo‘nalishlarida uchrashuvlar tashkil etildi.

2025-yil 4–6-noyabr kunlari JETRO — Japan External Trade Organization ko‘magida Yaponiya farmatsevtika sohasi vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrifdan asosiy maqsad O‘zbekiston farmatsevtika sanoatining investitsion salohiyatini o‘rganish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish hamda texnologiya transferi bo‘yicha amaliy muloqotlarni yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘ldi.

Tashrif doirasida “Pharm Service” DM hamda O‘zbekiston farmatsevtika sohasi vakillari ishtirokida B2B uchrashuvlar tashkil etildi. Muzokaralarda mahalliy ishlab chiqarish imkoniyatlari, dori vositalari va farmatsevtika mahsulotlarini eksport qilish, ilg‘or ishlab chiqarish tajribalarini joriy etish, shuningdek qo‘shma loyihalar bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Delegatsiya tarkibida Shinsei Pharmaceutical Industry, Daibutsudo Pharmaceutical, Sato Yakuhin Kogyo, Shiseido Pharmaceutical, Tamura Pharmaceutical hamda Yamato Godo Pharmaceutical kabi yapon kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvlar davomida O‘zbekistonda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish uchun yaratilgan sharoitlar, investorlarga taqdim etilayotgan imkoniyatlar, mahalliy korxonalar salohiyati va xalqaro standartlar asosida ishlab chiqarishni kengaytirish masalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur tashrif O‘zbekiston va Yaponiya farmatsevtika kompaniyalari o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish, texnologik almashinuvni kuchaytirish hamda mahalliy farmatsevtika mahsulotlarining xalqaro bozorlarga chiqish salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Loyihadan lavhalar

  • JETRO - Yaponiya farmatsevtika delegatsiyasi — 1
  • JETRO - Yaponiya farmatsevtika delegatsiyasi — 2
  • JETRO - Yaponiya farmatsevtika delegatsiyasi — 3
  • JETRO - Yaponiya farmatsevtika delegatsiyasi — 4

O'xshash strategik loyihalar

  • Marketing

    Cosmoprof Worldwide Bologna 2025

    “Pharm Service” davlat muassasasi tomonidan xalqaro ko‘rgazmada milliy stend tashkil etilib, farmatsevtika va kosmetika sohasi vakillari bilan hamkorlik uchrashuvlari o‘tkazildi.

  • Marketing

    EU GMP Consultants Visit - Bion Healthcare

    “Pharm Service” DM tashabbusi bilan O‘zbekistonda Yevro GMP bo‘yicha xalqaro konsultantlarning ishchi tashrifi tashkil etildi. Tashrif davomida “Bion Healthcare” bilan hamkorlikda mahalliy farmatsevtika korxonalarida boshlang‘ich audit va diagnostik baholash ishlari amalga oshirildi.

  • Marketing

    CPHI Frankfurt 2025

    “Pharm Service” DM vakillari CPHI Frankfurt 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etib, farmatsevtika kompaniyalari, distribyutorlar va xalqaro hamkorlar bilan B2B uchrashuvlar o‘tkazdi. Tadbir davomida O‘zbekiston farmatsevtika sanoatining salohiyati, eksport imkoniyatlari hamda yangi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.