33rd International Pharmaceutical Exhibition
О мероприятии
Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda Pharm Service 2026-yil 28–30-sentabr kunlari Rossiyaning Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan APTEKA 2026 — 33rd International Pharmaceutical Exhibition xalqaro farmatsevtika ko‘rgazmasida ishtirok etadi.
Timiryazev Center majmuasida tashkil etiladigan mazkur tadbir Rossiya farmatsevtika bozoridagi muhim biznes platformalardan biri bo‘lib, dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchilari, distribyutorlar, dorixona va dorixona tarmoqlari vakillari, tibbiyot mutaxassislari, yangi dori vositalari ishlab chiquvchilari, davlat organlari hamda sog‘liqni saqlash sohasi vakillarini bir maydonga jamlaydi.
APTEKA 2026 ko‘rgazmasida dori vositalari, farmatsevtika mahsulotlari, biologik faol qo‘shimchalar, tibbiy buyumlar, kosmetsevtika, sport oziq-ovqat mahsulotlari, ona va bola uchun mahsulotlar, tibbiy uskunalar, farmatsevtika ishlab chiqarishi uchun xomashyo hamda logistika yechimlari namoyish etiladi.
Ko‘rgazma va forum doirasida farmatsevtika sanoatidagi dolzarb yangiliklar, dorixona biznesini rivojlantirish, bozor tahlillari, raqamlashtirish, elektron savdo, tartibga solishdagi o‘zgarishlar va farmatsevtika mahsulotlarini ilgari surish bo‘yicha muhim mavzular muhokama qilinadi.
Ishtirok davomida O‘zbekiston farmatsevtika sanoatining salohiyati, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish imkoniyatlari, xalqaro hamkorlik istiqbollari hamda Pharm Service tomonidan taqdim etilayotgan konsalting, ro‘yxatdan o‘tkazish, GxP, marketing va investitsion qo‘llab-quvvatlash xizmatlari xorijiy hamkorlarga tanishtiriladi.
Mazkur ishtirok O‘zbekiston farmatsevtika sanoatining xalqaro bozorlardagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish, yangi biznes sherikliklarni yo‘lga qo‘yish va dorixona hamda distribyutorlik yo‘nalishlarida tajriba almashish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.