Мероприятие

28th Azerbaijan International Medical Innovations Exhibition

28-30 oktabr 2026
Boku, Ozarbayjon
Время: 10:00
Организатор: Caspian Event Organisers LLC
Связаться для участия
28th Azerbaijan International Medical Innovations Exhibition

О мероприятии

Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda Pharm Service 2026-yil 29–31-oktabr kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan Medinex 2026 — 28th Azerbaijan International Medical Innovations Exhibition xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etadi.


Baku Expo Center majmuasida tashkil etiladigan mazkur tadbir Ozarbayjonning sog‘liqni saqlash va tibbiyot sohasidagi eng yirik hamda keng qamrovli ko‘rgazmalaridan biri hisoblanadi. Medinex ishlab chiqaruvchilar, distribyutorlar, investorlar, tibbiyot muassasalari, soha mutaxassislari va xalqaro hamkorlar uchun muhim uchrashuv maydoni bo‘lib xizmat qiladi.


Ko‘rgazma tibbiy uskunalar va laboratoriya texnologiyalari, sog‘liqni saqlash sohasidagi IT yechimlar, farmatsevtika mahsulotlari va biologik faol qo‘shimchalar, dermatologiya, tibbiy chiqindilarni tashish va utilizatsiya qilish, shuningdek tibbiy turizm kabi muhim yo‘nalishlarni qamrab oladi.


Medinex doirasida ekspertlar ishtirokidagi panel muhokamalari, taqdimotlar, seminarlar va amaliy treninglar tashkil etilib, zamonaviy tibbiyot, innovatsion texnologiyalar va xalqaro hamkorlik bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilinadi.


Ishtirok davomida O‘zbekiston farmatsevtika va tibbiyot sanoatining salohiyati, mamlakatimizda investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish imkoniyatlari hamda Pharm Service tomonidan taqdim etilayotgan konsalting, ro‘yxatdan o‘tkazish, GxP, marketing va investitsion qo‘llab-quvvatlash xizmatlari xorijiy hamkorlarga tanishtiriladi.


Mazkur ishtirok O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, tibbiy texnologiyalar, kosmetologiya va tibbiy turizm yo‘nalishlarida hamkorlik aloqalarini kengaytirish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.


Pharm Service — farmatsevtika sohasida ishonchli hamkoringiz.


Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

+998 55 902-33-33

28th Azerbaijan International Medical Innovations Exhibition | Pharm Service