Tadbir

Cenral Asian Pharm Expo (Caphex)

27-29 oktabr 2026
Anhor Lokomotiv ko'rgazma bo'g'i
Vaqt: 09:00
Tashkilotchi: GPE EXPO X Pharm Service
Cenral Asian Pharm Expo  (Caphex)

Tadbir haqida

CaPhex 2026 — O‘zbekiston farmatsevtika sohasi uchun xalqaro platforma


CaPhex 2026 — farmatsevtika, tibbiyot, kosmetika, biotexnologiya va unga yaqin sohalar vakillarini birlashtiruvchi xalqaro ko‘rgazmadir. Mazkur tadbir mahalliy kompaniyalar, ishlab chiqaruvchilar, distribyutorlar, investorlar, soha mutaxassislari va xalqaro hamkorlar uchun muhim biznes maydonchaga aylanadi.

O‘zbekistondagi tashrif buyuruvchilar uchun CaPhex 2026 zamonaviy texnologiyalar, mahsulotlar va biznesni rivojlantirishga qaratilgan yechimlar bilan bevosita tanishish imkoniyatini yaratadi. Bir maydonda farmatsevtika mahsulotlari, faol farmatsevtik ingredientlar, kosmetika, nutrisevtiklar, tibbiy buyumlar, qadoqlash yechimlari, ishlab chiqarish uskunalari, cleanroom, HVAC, laboratoriya texnologiyalari hamda kontrakt ishlab chiqarish xizmatlari namoyish etiladi.


Ko‘rgazma ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, yangi yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish, xomashyo va uskunalar yetkazib beruvchilarini topish, mahsulot assortimentini kengaytirish, distribyutsiyani rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish yoki xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik o‘rnatishni rejalashtirayotgan kompaniyalar uchun ayniqsa foydali bo‘ladi.

CaPhex 2026 O‘zbekiston Respublikasi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘magida o‘tkaziladi. Tadbir biznes vakillari, davlat tashkilotlari, investorlar va xalqaro ishtirokchilar o‘rtasida ochiq muloqot uchun qulay sharoit yaratadi.

Ko‘rgazmada ishtirok etish tashrif buyuruvchilarga bozor tendensiyalari haqida dolzarb ma’lumot olish, yangi biznes hamkorlarni topish, istiqbolli loyihalarni muhokama qilish hamda O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda farmatsevtika va healthcare sanoatini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni ochishga yordam beradi.


CaPhex 2026 — texnologiyalar, hamkorlik va biznes rivoji uchun yangi imkoniyatlar uchrashadigan maydon.