Yaponiya tibbiyot texnologiyalari O‘zbekistonda

3 noyabr 2026
112
Ulashish
Yaponiya tibbiyot texnologiyalari O‘zbekistonda

Yaponiya tibbiyot texnologiyalari O‘zbekistonda


Pharm Service tomonidan Yaponiyaning yetakchi tibbiyot texnologiyalari kompaniyalari — Fujikura Kasei, Eiken Chemical va PHC Corporation vakillari hamda O‘zbekistonning mahalliy farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari va distribyutorlari ishtirokida biznes-forum tashkil etildi.


Forum davomida tomonlar o‘z faoliyat yo‘nalishlari, mahsulotlari, ishlab chiqarish imkoniyatlari va texnologik salohiyatini taqdim etdilar.


Tadbirda Yaponiyaning ilg‘or IVD mahsulotlari va tibbiyot texnologiyalari, ularni O‘zbekiston bozorida rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqarish imkoniyatlari, texnologiyalar transferi va istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.


Mazkur biznes-forum Yaponiya kompaniyalari va O‘zbekiston farmatsevtika sohasi vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda O‘zbekiston tibbiyot sohasiga zamonaviy texnologiyalarni jalb etishga xizmat qiladi.

Yaponiya tibbiyot texnologiyalari O‘zbekistonda 1
Yaponiya tibbiyot texnologiyalari O‘zbekistonda 2
Yaponiya tibbiyot texnologiyalari O‘zbekistonda 3
Ulashish

Farmatsevtika xizmatlari uchun onlayn ariza yuboring

Arizalarni yuborish va Pharm Service xizmatlaridan foydalanish uchun biz bilan bog‘laning.