Farmatsevtika sohasida O‘zbekiston–Xitoy hamkorligining yangi bosqichi
Farmatsevtika sohasida O‘zbekiston–Xitoy hamkorligining yangi bosqichi
“Pharm Service” davlat muassasasi va Xitoy farmatsevtika assotsiatsiyasi o‘rtasida farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan agentlik kelishuvi imzolandi.
Kelishuvni “Pharm Service” davlat muassasasi direktori Fattakhov Akhror Zakhitjanovich hamda Xitoy farmatsevtika assotsiatsiyasi rahbari Paul Zhang imzoladi.
Mazkur kelishuv ikki tomon o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash, Xitoy farmatsevtika kompaniyalari bilan aloqalarni kengaytirish hamda ularning O‘zbekiston bozoriga kirishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Hamkorlik doirasida dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, GxP, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va texnologiyalar transferi yo‘nalishlarida amaliy hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Ushbu kelishuv O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi farmatsevtika sohasidagi aloqalarni yanada kengaytirish hamda ikki mamlakat farmatsevtika kompaniyalari o‘rtasida yangi hamkorlik imkoniyatlarini yaratishga xizmat qiladi.