NEWS

“Farmatsevtika laboratoriyalarida analitik usullar yaxlitligini baholash” bo‘yicha USP tashkiloti tomonidan trening o‘tkazildi

29 sentabr 2026
4
Ulashish
“Farmatsevtika laboratoriyalarida analitik usullar yaxlitligini baholash” bo‘yicha USP tashkiloti tomonidan trening o‘tkazildi

“Farmatsevtika laboratoriyalarida analitik usullar yaxlitligini baholash” bo‘yicha USP tashkiloti tomonidan trening o‘tkazildi


2026-yil 28-sentabr kuni farmatsevtika laboratoriyalarida qo‘llaniladigan analitik usullar yaxlitligini baholash masalalariga bag‘ishlangan amaliy trening tashkil etildi.


Tadbirda Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi “Zarur amaliyotlar markazi” DM, “Pharm Service” DM hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM mutaxassislari ishtirok etdilar.


Treningning asosiy maqsadi — farmatsevtika laboratoriyalarida sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarni aniqlashda qo‘llaniladigan analitik usullarning ishonchliligini, xususan, referens standartlardan foydalanish nuqtayi nazaridan baholash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish.


Mazkur bilimlar kelgusida GMP inspeksiyalarini o‘tkazish, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlaridagi analitik usullar bo‘yicha validatsiya ma’lumotlarini baholashda amaliy ahamiyat kasb etadi.


Trening dasturidan nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy mashg‘ulotlar ham o‘rin oldi. Ishtirokchilar real vaziyatlarga yaqin misollar asosida analitik usullarni baholash yondashuvlarini ko‘rib chiqdilar.

“Farmatsevtika laboratoriyalarida analitik usullar yaxlitligini baholash” bo‘yicha USP tashkiloti tomonidan trening o‘tkazildi 1
“Farmatsevtika laboratoriyalarida analitik usullar yaxlitligini baholash” bo‘yicha USP tashkiloti tomonidan trening o‘tkazildi 2
“Farmatsevtika laboratoriyalarida analitik usullar yaxlitligini baholash” bo‘yicha USP tashkiloti tomonidan trening o‘tkazildi 3
Ulashish

O'xshash materiallar

“Farmatsevtika laboratoriyalarida analitik usullar yaxlitligini baholash” bo‘yicha USP tashkiloti tomonidan trening o‘tkazildi | Pharm Service