Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda Pharm Service delegatsiyasi
Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda Pharm Service delegatsiyasi Xitoyning Suzhou shahrida ishchi tashrif doirasida farmatsevtika infratuzilmasi va tibbiy turizm bo'yicha hamkorlik istiqbollari bo'yicha muzokaralar olib bordi.
Gusu Clean kompaniyasi bilan GMP standartlariga mos "clean room" tizimlarini loyihalash, qurish hamda muhandislik yechimlari bo'yicha hamkorlik muhokama qilindi. O'zbekistonda farmatsevtika quvvatlarini zamonaviy talablarga moslashtirish, texnologiya transferi va mutaxassislar malakasini oshirish istiqbollari ko'rib chiqildi. Yangi korxonalar tashkil etish va ishlab chiqarish obyektlarini xalqaro standartlarga moslashtirishga e'tibor qaratildi.
Care Navigator kompaniyasi bilan tibbiy turizm rivojini, bemorlar almashinuvini, klinikalararo hamkorlikni yo'lga qo'yish va sog'liqni saqlash xizmatlarini eksport qilish masalalari muhokama qilindi.
Tibbiyot sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, zamonaviy markazlar barpo etish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va tibbiy turizm salohiyatini oshirish tashabbuslari e'lon qilindi.
Pharm Service — ishonchli hamkoringiz!
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 55 902-33-33
O'xshash materiallar
Farmatsevtika xizmatlari uchun onlayn ariza yuboring
Arizalarni yuborish va Pharm Service xizmatlaridan foydalanish uchun biz bilan bog‘laning.