Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda Pharm Service delegatsiyasi CPHI & PMEC China 2026 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etishdi.
Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda Pharm Service delegatsiyasi CPHI & PMEC China 2026 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etishdi.
Shanxay shahridagi Shanghai New International Expo Centre (SNIEC) majmuasida tashkil etilgan mazkur ko‘rgazma farmatsevtika sanoatining barcha asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi. Tadbirda faol farmatsevtik ingredientlar (API), tayyor dori vositalari, biotexnologiyalar, kontrakt ishlab chiqarish (CDMO/CMO), qadoqlash texnologiyalari, laboratoriya uskunalari, farmatsevtika mashinasozligi va logistika xizmatlari sohasidagi yetakchi kompaniyalar o‘z mahsulot va xizmatlarini namoyish etmoqda.
Ko‘rgazma doirasida Agentlik va Pharm Service vakillari farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, xomashyo yetkazib beruvchilari, investitsiya kompaniyalari, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan qator uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Muzokaralar davomida O‘zbekiston farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish hamda eksport salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilinmoqda.
Delegatsiya vakillari xorijiy hamkorlarga mamlakatimizda farmatsevtika va tibbiyot sanoatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar hamda Pharm Service tomonidan taqdim etilayotgan konsalting, marketing, ro’yxatdan otkazish, GxP va investitsion qo‘llab-quvvatlash xizmatlari haqida ma’lumot bermoqda.
Mazkur tashrif O‘zbekiston farmatsevtika sanoatining xalqaro integratsiyasini yanada mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni o‘rganish, xorijiy investorlar va ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish uchun maydon bo'ldi.
Pharm Service — ishonchli hamkoringiz!
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 55 902-33-33
O'xshash materiallar
Farmatsevtika xizmatlari uchun onlayn ariza yuboring
Arizalarni yuborish va Pharm Service xizmatlaridan foydalanish uchun biz bilan bog‘laning.