NEWS

QA/QC bo‘yicha maxsus trening muvaffaqiyatli yakunlandi

9 sentabr 2026
54
Ulashish
QA/QC bo‘yicha maxsus trening muvaffaqiyatli yakunlandi

🎓 QA/QC bo‘yicha maxsus trening muvaffaqiyatli yakunlandi

📍 BioPharma Cityda Pharm Service tomonidan farmatsevtika korxonalari mutaxassislari uchun tashkil etilgan QA/QC Basic Training Program o‘z yakuniga yetdi.

📌 Trening farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar doirasida tashkil etilib, PF–35-son Farmonida nazarda tutilgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar mutaxassislarining malakasini oshirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va sohaga xalqaro ekspertlarni jalb qilish yo‘nalishidagi ishlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.

📚 Trening davomida ishtirokchilar:

✅ Farmatsevtika sifat tizimi;

✅ EU GMP talablari;

✅ Hujjatlarni boshqarish va ALCOA+ tamoyillari;

✅ CAPA va risklarni boshqarish;

✅ QC laboratoriyalari faoliyati;

✅ OOS/OOT holatlarini tekshirish hamda GMP inspeksiyalariga tayyorgarlik bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ldilar.

📩 Sizning korxonangiz ham GMP, QA/QC va sifat tizimlarini rivojlantirishni istaydimi?

Biz bilan bog‘laning — mutaxassislaringiz uchun zamonaviy o‘quv va konsultatsiya dasturlarini taklif qilamiz.

📞 +998 55 902-33-33

Ulashish

O'xshash materiallar