Pharm Service farmatsevtika korxonalari uchun SOJ, validatsiya va kvalifikatsiya hujjatlarini ishlab chiqish xizmatlarini taklif etishni boshladi.
Pharm Service farmatsevtika korxonalari uchun SOJ, validatsiya va kvalifikatsiya hujjatlarini ishlab chiqish xizmatlarini taklif etishni boshladi.
Farmatsevtika sohasida har bir jarayon aniq tartib, hujjatlashtirilgan yondashuv va doimiy nazorat asosida tashkil etilishi muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, GxP talablariga muvofiq faoliyat yurituvchi korxonalar uchun Standart operatsion jarayonlar (SOJ), validatsiya va kvalifikatsiya hujjatlarining to‘g‘ri ishlab chiqilishi sifat tizimining ajralmas qismi hisoblanadi.
Pharm Service farmatsevtika korxonalariga GxP talablariga mos, tizimli va amaliyotga yo‘naltirilgan hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha professional xizmatlarni taklif etadi.
Xizmatlar doirasida korxona faoliyatiga mos ravishda SOJ hujjatlari, validatsiya protokollari, kvalifikatsiya hujjatlari, yo‘riqnomalar hamda sifat tizimiga oid boshqa zarur hujjatlar tayyorlanadi. Har bir hujjat korxonaning real ish jarayonlari, ichki tartiblari va amaldagi talablar asosida shakllantiriladi.
To‘g‘ri ishlab chiqilgan hujjatlar korxona faoliyatida tizimlilikni ta’minlaydi, xodimlar uchun aniq yo‘nalish beradi hamda audit va inspeksiyalarga tayyorgarlik jarayonida muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
Pharm Service jamoasi farmatsevtika sohasidagi tajribasi va amaliy yondashuvi orqali korxonalarga hujjatlarni nafaqat tayyorlash, balki ularni sifat tizimining samarali qismiga aylantirishda ham ko‘mak beradi.
Pharm Service — farmatsevtika sohasida ishonchli hamkoringiz.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 55 902-33-33 (252)
O'xshash materiallar
Farmatsevtika xizmatlari uchun onlayn ariza yuboring
Arizalarni yuborish va Pharm Service xizmatlaridan foydalanish uchun biz bilan bog‘laning.