Pharm Service — CAPhEx 2026 xalqaro ko‘rgazmasida!
Pharm Service — CAPhEx 2026 xalqaro ko‘rgazmasida!
Pharm Service davlat muassasasi farmatsevtika sohasidagi muhim tadbirlardan biri — CAPhEx 2026 xalqaro ko‘rgazmasining ochilish marosimida ishtirok etdi hamda ko‘rgazmada o‘z stendi bilan qatnashdi.
Ko‘rgazma davomida Pharm Service vakillari tashrif buyuruvchilar va soha vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, muassasaning farmatsevtika sohasidagi konsalting xizmatlari va kompleks yechimlari haqida ma’lumot berdilar.
Shuningdek, farmatsevtika bozoriga kirish, sohani rivojlantirish, hamkorlik imkoniyatlari va istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashildi.
CAPhEx 2026 farmatsevtika sanoati vakillari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va yangi biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.
O'xshash materiallar
Farmatsevtika xizmatlari uchun onlayn ariza yuboring
Arizalarni yuborish va Pharm Service xizmatlaridan foydalanish uchun biz bilan bog‘laning.