Nanjing Jinghua Polymer Technology Co., Ltd. bilan hamkorlik uchrashuvi
19 avgust 2026
91
Ulashish
Nanjing Jinghua Polymer Technology Co., Ltd. bilan hamkorlik uchrashuvi
Bugun Pharm Service va Nanjing Jinghua Polymer Technology Co., Ltd. kompaniyasi vakillari o‘rtasida kelgusidagi hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida kompaniyaning O‘zbekiston bozoriga kirish imkoniyatlari, mahsulotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari hamda O‘zbekistonda faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, Pharm Service tomonidan farmatsevtika sohasida ko‘rsatiladigan IT xizmatlari, marketing, mahsulotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va GxP konsalting xizmatlari haqida ma’lumot berildi.
Tomonlar o‘zaro fikr va tajriba almashib, kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Uchrashuv har ikki tomon uchun samarali va istiqbolli bo‘ldi.
Pharm Service xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va xorijiy kompaniyalarning O‘zbekiston farmatsevtika bozoriga kirish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.