Partex AI kompaniyasi bilan farmatsevtika sohasini raqamlashtirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Partex AI kompaniyasi bilan farmatsevtika sohasini raqamlashtirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida farmatsevtika va biotibbiyot sohalari uchun sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni ishlab chiquvchi Partex AI kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda farmatsevtika sohasini raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish, dori vositalarini ishlab chiqish jarayonlarini takomillashtirish hamda zamonaviy raqamli yechimlarni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, farmatsevtika va biotexnologiya sohalarida sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarini rivojlantirish, ma’lumotlar tahlilini takomillashtirish hamda innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot davomida O‘zbekiston farmatsevtika sohasida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt yechimlarini qo‘llash bo‘yicha mavjud imkoniyatlar, shuningdek, sohada amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar sun’iy intellekt va ilg‘or raqamli texnologiyalarni farmatsevtika sohasiga joriy etish, o‘zaro tajriba almashish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha muloqotlarni davom ettirishga kelishib oldilar.