Pharm Service Afg‘onistondagi xalqaro sog‘liqni saqlash ko‘rgazmasida ishtirok etdi

16 noyabr 2026
14
Ulashish
Pharm Service Afg‘onistondagi xalqaro sog‘liqni saqlash ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Pharm Service Afg‘onistondagi xalqaro sog‘liqni saqlash ko‘rgazmasida ishtirok etdi


Pharm Service jamoasi Afg‘onistonda tashkil etilgan National and International Health Exhibition of Afghanistan xalqaro sog‘liqni saqlash ko‘rgazmasida ishtirok etdi.


Tashrif doirasida Afg‘oniston farmatsevtika va sog‘liqni saqlash bozori vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.


Shuningdek, Pharm Service vakillari Galaxy Pharma farmatsevtika ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurib, kompaniyaning ishlab chiqarish faoliyati va mavjud imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.


Tashrif davomida AFDA vakillari bilan ham muzokaralar o‘tkazildi. Uchrashuvlarda farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekiston va Afg‘oniston kompaniyalari o‘rtasida aloqalarni rivojlantirish hamda kelgusidagi qo‘shma tashabbuslar bo‘yicha fikr almashildi.


Mazkur tashrif Pharm Service’ning mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish va O‘zbekiston farmatsevtika sohasi uchun yangi xalqaro aloqalarni rivojlantirish yo‘lidagi navbatdagi amaliy qadam bo‘ldi.

Pharm Service Afg‘onistondagi xalqaro sog‘liqni saqlash ko‘rgazmasida ishtirok etdi 1
Pharm Service Afg‘onistondagi xalqaro sog‘liqni saqlash ko‘rgazmasida ishtirok etdi 2
Pharm Service Afg‘onistondagi xalqaro sog‘liqni saqlash ko‘rgazmasida ishtirok etdi 3
Ulashish

Farmatsevtika xizmatlari uchun onlayn ariza yuboring

Arizalarni yuborish va Pharm Service xizmatlaridan foydalanish uchun biz bilan bog‘laning.