NEWS

Klinik tadqiqotlarda yangi yondashuv: “virtual twin” texnologiyasi

3 iyul 2026
46
Поделиться
Klinik tadqiqotlarda yangi yondashuv: “virtual twin” texnologiyasi

Klinik tadqiqotlarda yangi yondashuv: “virtual twin” texnologiyasi


PharmaTimes jurnalida chop etilgan “Twin ambitions” maqolasida klinik tadqiqotlarni raqamlashtirish va “virtual twin” texnologiyalarining farmatsevtika sohasidagi ahamiyati haqida so‘z yuritilgan.

Farmatsevtika sanoatida noto‘g‘ri loyihalashtirilgan bitta klinik tadqiqot kompaniyalar uchun yuz millionlab mablag‘, bir necha yillik ishlab chiqish jarayoni va ayrim holatlarda yangi davolash usulining bemorlargacha yetib bormasligiga sabab bo‘lishi mumkin.

“Virtual twin” texnologiyasi aynan shunday xatolarning oldini olishga yordam beradi. Ushbu yondashuv klinik tadqiqot boshlanishidan avval uning dizaynini sinovdan o‘tkazish, takomillashtirish va optimallashtirish imkonini beradi. Natijada xavflar kamayadi, jarayonlar tezlashadi va farmatsevtika ekotizimida innovatsiyalarni joriy etish uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi.

“Virtual twin” konsepsiyasi dastlab murakkab mahsulotlar, jumladan samolyotlarni loyihalashda qo‘llanilgan product life cycle management yondashuviga asoslanadi. Bugungi kunda esa ushbu texnologiya klinik tadqiqotlar samaradorligini oshirish, qaror qabul qilish jarayonini yaxshilash va yangi dori vositalarini ishlab chiqishda muhim vositaga aylanmoqda.

Mazkur yondashuv farmatsevtika sohasida raqamli transformatsiya, klinik tadqiqotlar sifati va innovatsion yechimlarning ahamiyati ortib borayotganini yana bir bor ko‘rsatadi.

Поделиться

Похожие материалы

Klinik tadqiqotlarda yangi yondashuv: “virtual twin” texnologiyasi | Pharm Service