NEWS

Efiopiya, Norvegiya va Buyuk Britaniya kelajakdagi epidemiyalarga tayyorgarlik uchun 240 mln dollar ajratadi

24 sentabr 2026
22
Ulashish
Efiopiya, Norvegiya va Buyuk Britaniya kelajakdagi epidemiyalarga tayyorgarlik uchun 240 mln dollar ajratadi

Efiopiya, Norvegiya va Buyuk Britaniya kelajakdagi epidemiyalarga tayyorgarlik uchun 240 mln dollar ajratadi


Efiopiya, Norvegiya va Buyuk Britaniya kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan epidemiya va pandemiyalarga tezroq tayyor turish uchun jami 240 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratishini ma’lum qildi.


💉 Mablag‘ CEPI — epidemiyalarga qarshi vaksinalarni ishlab chiqishni tezlashtirish bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotning 2027–2031-yillarga mo‘ljallangan dasturi uchun yo‘naltiriladi.


Ajratilayotgan mablag‘lar:

🔹 Norvegiya — 106 mln dollar

🔹 Buyuk Britaniya — 134 mln dollargacha

🔹 Efiopiya — moliyaviy ko‘makni davom ettiradi


🧬 Dasturdan ko‘zlangan maqsad — yangi xavfli virus paydo bo‘lganda vaksina yaratishni tezlashtirish, kasallik tarqalishini erta bosqichda jilovlash va kelajakdagi epidemiyalarning salbiy ta’sirini kamaytirish.


CEPI rahbari Richard Hatchettning ta’kidlashicha, bugungi ilm-fan yangi viruslarga qarshi vaksinalarni avvalgidan ancha tez ishlab chiqishga imkon beradi. Biroq buning uchun doimiy sarmoya va xalqaro hamkorlik zarur.


🌐 Mutaxassislar epidemiyalar chegarani tan olmasligini va bir mamlakatdagi kasallik boshqa davlatlar uchun ham xavf tug‘dirishi mumkinligini qayd etmoqda.

Ulashish

O'xshash materiallar