Hindistonning AYUSH vazirligi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

6 avgust 2026
145
Ulashish
Hindistonning AYUSH vazirligi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Hindistonning AYUSH vazirligi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi


Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Hindiston Respublikasiga xizmat safari doirasida AYUSH vazirligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.


Uchrashuvda dorivor o‘simliklarni yetishtirish va chuqur qayta ishlash, tabiiy sog‘lomlashtiruvchi va vitamin mahsulotlari ishlab chiqarish, shuningdek, mazkur yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.


Muzokaralar chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida ilmiy-tadqiqot hamkorligini yo‘lga qo‘yish, tajriba va bilim almashish, Hindistonning yetakchi mutaxassislarini O‘zbekistonga jalb etish orqali soha salohiyatini oshirish, kadrlar tayyorlash va malaka oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.


Shuningdek, O‘zbekistonda yetishtirilayotgan dorivor o‘simliklar va ular asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Hindiston bozoriga eksport qilish imkoniyatlari ham muhokama qilinib, bu yo‘nalishda amaliy hamkorlikni rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.


Ma’lumot uchun: AYUSH vazirligi Hindiston Respublikasining an’anaviy tibbiyot tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha vakolatli davlat organi bo‘lib, ayurveda, yoga va naturopatiya, yunani, siddha hamda gomeopatiya yo‘nalishlarini muvofiqlashtiradi. Shuningdek, dorivor o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlash, tabiiy sog‘lomlashtiruvchi mahsulotlar ishlab chiqarish hamda soha uchun malakali mutaxassislar tayyorlashni qo‘llab-quvvatlaydi.


Hindistonning AYUSH vazirligi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi 1
Hindistonning AYUSH vazirligi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi 2
Ulashish

Farmatsevtika xizmatlari uchun onlayn ariza yuboring

Arizalarni yuborish va Pharm Service xizmatlaridan foydalanish uchun biz bilan bog‘laning.