FDA Takeda kompaniyasining Orzeyful dori vositasini rasman tasdiqladi.

13 avgust 2026
196
Ulashish
FDA Takeda kompaniyasining Orzeyful dori vositasini rasman tasdiqladi.

FDA Takeda kompaniyasining Orzeyful dori vositasini rasman tasdiqladi.

Bu — 1-tur narkolepsiya (kunduzi to‘satdan uxlab qolish va mushaklarning birdan bo‘shashishi — katapleksiya) uchun orexin-2 oqsilini kuchaytiradigan dunyodagi birinchi dori.


Avvalgilar faqat alomatlarni yengillashtirgan bo‘lsa, Orzeyful kasallikning ildiziga ta’sir qiladi. Ikki yirik klinik sinovda u placebo bilan solishtirganda bemorlarni ancha uyg‘oqroq saqlagan va mushak zaifligini sezilarli darajada kamaytirgan. Dori bemorlar tomonidan yaxshi qabul qilingan.


FDA vakili aytganidek: “Bu dori kasallikning asosiy biologiyasiga ta’sir qiladigan birinchi vosita”. Bemorlar tashkiloti rahbari Julie Flygare esa “tarixiy lahza” deb baholadi.


Narxi hali e’lon qilinmagan, lekin analitklar yiliga 142 ming dollardan 250 ming dollargacha deb taxmin qilmoqda. Agar pastroq narxda bo‘lsa, yillik sotuv 2 milliard dollarga yetishi mumkin.


Dori miya kimyosiga ta’sir qilgani uchun DEA (narkotik nazorat) uni tasniflashi kerak — bu jarayon 90 kungacha cho‘zilishi mumkin. Shundan keyin sotuv boshlanadi.


Endi “orexin dorilari” bozori milliardlab dollarlik bo‘lishi kutilmoqda. Eli Lilly (Centessa’ni 6,3 milliardga sotib olgan), Alkermes va Eisai kabi kompaniyalar ham shu yo‘nalishda faol ishlamoqda. Alkermes o‘z dorisini nafaqat 1-tur, balki 2-tur narkolepsiya va boshqa uyqu kasalliklari uchun ham tasdiqlatishni maqsad qilgan.

Ulashish

Farmatsevtika xizmatlari uchun onlayn ariza yuboring

Arizalarni yuborish va Pharm Service xizmatlaridan foydalanish uchun biz bilan bog‘laning.