NEWS

CPHI & PMEC China 2026 doirasida xalqaro hamkorlik aloqalari kengaytirildi

17 sentabr 2026
74
Ulashish
CPHI & PMEC China 2026 doirasida xalqaro hamkorlik aloqalari kengaytirildi

CPHI & PMEC China 2026 doirasida xalqaro hamkorlik aloqalari kengaytirildi


2026-yil 16–18-iyun kunlari Shanxay shahrida bo‘lib o‘tgan CPHI & PMEC China 2026 xalqaro farmatsevtika ko‘rgazmasida “Pharm Service” davlat muassasasi vakillari ishtirok etdi.


Tashrif doirasida Xitoyning yirik farmatsevtika kompaniyalari, jumladan Sinopharm, Zhejiang Huahai Pharmaceutical, CATO Research Chemicals, Hisun Pharmaceutical, Guobang Pharma, Jiuzhou Pharmaceutical va Hisoar Pharma vakillari bilan qator B2B muzokaralar o‘tkazildi.


Uchrashuvlarda kompaniyalarning O‘zbekiston farmatsevtika bozoriga kirish imkoniyatlari, mahalliy korxonalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, farmatsevtika mahsulotlari va xomashyolarini yetkazib berish hamda uzoq muddatli biznes aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.


Shuningdek, xorijiy kompaniyalarga O‘zbekiston farmatsevtika bozori, mahsulotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari, GxP talablari hamda bozorga kirishda ko‘rsatiladigan amaliy ko‘mak bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.


Mazkur uchrashuvlar xalqaro farmatsevtika kompaniyalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni kengaytirish, yangi hamkorlik loyihalarini shakllantirish va ularning O‘zbekiston bozoriga kirishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

CPHI & PMEC China 2026 doirasida xalqaro hamkorlik aloqalari kengaytirildi 1
CPHI & PMEC China 2026 doirasida xalqaro hamkorlik aloqalari kengaytirildi 2
CPHI & PMEC China 2026 doirasida xalqaro hamkorlik aloqalari kengaytirildi 3
CPHI & PMEC China 2026 doirasida xalqaro hamkorlik aloqalari kengaytirildi 4
Ulashish

O'xshash materiallar