“Connecting Global Pharmaceutical Resources, Advancing Collaborative Industry Development”

19 iyun 2026
141
Ulashish
“Connecting Global Pharmaceutical Resources, Advancing Collaborative Industry Development”

Xitoyning Shanxay shahrida bo‘lib o‘tgan “Connecting Global Pharmaceutical Resources, Advancing Collaborative Industry Development” xalqaro farmatsevtika hamkorlik va biznes-muloqot forumida O‘zbekiston Respublikasi Tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi hamda Pharm Service davlat muassasasi delegatsiyasi faol ishtirok etdi.


Tadbir dunyoning turli mamlakatlaridan farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari, investorlar, distribyutorlar va sog‘liqni saqlash sohasi vakillarini bir maydonga jamlab, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va yangi investitsiya loyihalarini shakllantirishga xizmat qildi.


Forum doirasida delegatsiya O‘zbekiston farmatsevtika sanoatining investitsion salohiyati, mamlakatimizda yaratilgan qulay biznes muhiti hamda xorijiy investorlar uchun mavjud imkoniyatlar yuzasidan taqdimot o‘tkazdi. Shuningdek, Pharm Service tomonidan xorijiy kompaniyalarga taqdim etilayotgan konsalting, dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, GxP standartlari, texnik hujjatlar tayyorlash, IT yechimlari va biznesni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha xizmatlar keng tanishtirildi.


Tadbir davomida bir qator yetakchi xalqaro kompaniyalar bilan ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etilib, hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Jumladan:


Bidiphar (Vyetnam)

Pharbaco (Vyetnam)

PT Asia Tirta Pharma (Indoneziya)

PT ETANA Biotechnologies Indonesia

PT Bernofarm

Diamora Health (Iroq)

Rxilient Medical (Singapur)

MU LIN SEN GROUP

Atlantic Pharmaceutical

SIAM BIOSCIENCE

TA Pharma (Taqnyet Addawa Pharma)

Tofflon

ISKRA Industry

APEX

Luye Pharma Innomind Limited

University of Malaya

Xepa-Soul Pattinson Malaysia

Shanghai Pharma Philippines


Mazkur uchrashuvlarda qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish, texnologiyalar transferi, investitsiyalarni jalb etish hamda Markaziy Osiyo bozoriga birgalikda chiqish masalalari muhokama qilindi.


Delegatsiya vakillari xalqaro hamkorlarga O‘zbekistonning farmatsevtika sanoatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, BioPharma City hududidagi imkoniyatlar va mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berdi.


Ushbu xalqaro platformadagi ishtirok O‘zbekiston farmatsevtika sanoatini jahon bozoriga integratsiya qilish, yangi strategik hamkorlik aloqalarini o‘rnatish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.


Pharm Service — farmatsevtika sohasida ishonchli hamkoringiz.


Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

+998 55 902-33-33

“Connecting Global Pharmaceutical Resources, Advancing Collaborative Industry Development” 1
“Connecting Global Pharmaceutical Resources, Advancing Collaborative Industry Development” 2
“Connecting Global Pharmaceutical Resources, Advancing Collaborative Industry Development” 3
Ulashish

Farmatsevtika xizmatlari uchun onlayn ariza yuboring

Arizalarni yuborish va Pharm Service xizmatlaridan foydalanish uchun biz bilan bog‘laning.