BFQ va dori vositasi farqini bilarmidingiz?
BFQ va dori vositasi: farqini bilish muhim!
Bugungi kunda bozorda biologik faol qo‘shimchalar va dori vositalari tashqi ko‘rinishi jihatidan bir-biriga o‘xshash bo‘lishi mumkin. Biroq ularning vazifasi, qo‘llanilish maqsadi va ro‘yxatdan o‘tish tartibi mutlaqo farq qiladi.
Biologik faol qo‘shimchalar organizmni qo‘llab-quvvatlash, oziq-ovqat ratsionini to‘ldirish va umumiy holatni yaxshilash maqsadida qo‘llaniladi. Ular dori vositasi hisoblanmaydi hamda kasallikni davolash, oldini olish yoki tashxislash uchun mo‘ljallanmagan.
Dori vositalari esa kasalliklarni davolash, oldini olish, tashxislash yoki simptomlarni yengillashtirish uchun qo‘llaniladi. Ularning samaradorligi va xavfsizligi klinik tadqiqotlar orqali tasdiqlanadi hamda dori vositasi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Shu bois har qanday mahsulotni tanlashda uning maqomi, qo‘llanilish maqsadi va yo‘riqnomasiga e’tibor berish muhim. Ayniqsa, dori vositalarini faqat shifokor tavsiyasi va belgilangan tartib asosida qo‘llash tavsiya etiladi.
Pharm Service biologik faol qo‘shimchalar va dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida professional yondashuv, aniq hujjatlar va amaliy ko‘mak taqdim etadi.
To‘g‘ri tanlov — sog‘lig‘ingiz uchun muhim.
Pharm Service — farmatsevtika sohasida ishonchli hamkoringiz.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 55 902-33-33 (253)
O'xshash materiallar
Farmatsevtika xizmatlari uchun onlayn ariza yuboring
Arizalarni yuborish va Pharm Service xizmatlaridan foydalanish uchun biz bilan bog‘laning.