NEWS

AQShda 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga vazn kamaytiruvchi dorilarni buyurish keskin oshdi

7 sentabr 2026
76
Ulashish
AQShda 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga vazn kamaytiruvchi dorilarni buyurish keskin oshdi

AQShda 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga vazn kamaytiruvchi dorilarni buyurish keskin oshdi


Yangi tadqiqotga ko‘ra, AQShda semizlikka chalingan 8–11 yoshli bolalarga GLP-1 guruhidagi dori vositalarini buyurish 2019-yildan buyon 310 baravarga oshgan.


📊 Tadqiqotda semizlikka chalingan, ammo diabeti bo‘lmagan 3,5 milliondan ortiq bola haqidagi ma’lumotlar tahlil qilingan. 2019–2026-yillar davomida 20 282 nafar bola GLP-1 preparatlari uchun retsept olgan.

Tadqiqotga ko‘ra:

🔹 dori buyurilgan bolalarning qariyb 94 foizida og‘ir darajadagi semizlik kuzatilgan;

🔹 65 foizdan ortig‘ida yuqori xolesterin, arterial bosimning oshishi yoki uyqu apnoesi kabi semizlik bilan bog‘liq qo‘shimcha kasalliklar mavjud bo‘lgan.

GLP-1 preparatlari organizmda ishtaha va moddalar almashinuviga ta’sir qiluvchi mexanizmlar orqali vaznni nazorat qilishga yordam beradi. Tadqiqotda Wegovy, Saxenda va Zepbound kabi preparatlar qayd etilgan.


⚠️ Hozircha ushbu dori vositalari AQShda 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda vazn kamaytirish uchun FDA tomonidan tasdiqlanmagan. Shunga qaramay, ayrim klinik tavsiyalar og‘ir semizlik holatlarida ularni 8 yoshdan boshlab qo‘llash imkoniyatini ko‘zda tutadi.


Mutaxassislar bolalarda GLP-1 preparatlaridan foydalanish tez sur’atlarda ortayotganini hisobga olib, ularning uzoq muddatli xavfsizligi va samaradorligini muntazam kuzatish zarurligini ta’kidlamoqda.

Manba: Reuters / Pediatrics

Ulashish

O'xshash materiallar