Sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi

Bosh mutaxassis — Data Engineer

Tafsilotlar

Ish rejimi

To`liq stavka

Manzil

BioPharma City

Maosh

Kelishilgan holda

Muddati

18.09.2026

Savollaringiz bormi?

Ushbu vakansiya bo'yicha qo'shimcha ma'lumot olish yoki bevosita bog'lanish uchun quyidagi aloqa vositalaridan foydalanishingiz mumkin.

Lavozim tavsifi

“Pharm Service” davlat muassasasi Sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limiga Data Engineer lavozimi uchun malakali mutaxassislarni ochiq tanlovga taklif etadi. Nomzod ma’lumotlar bilan ishlash, Python dasturlash, Machine Learning hamda zamonaviy sun’iy intellekt texnologiyalari bo‘yicha amaliy bilim va tajribaga ega bo‘lishi lozim.

Vazifalar va majburiyatlar

  • Katta hajmdagi ma’lumotlarni yig‘ish, tayyorlash va qayta ishlash
  • Python dasturlash tilida yechimlar ishlab chiqish va testdan o‘tkazish
  • Relyatsion va NoSQL ma’lumotlar bazalari bilan ishlash
  • Machine Learning va Deep Learning modellarini ishlab chiqish, o‘qitish va optimallashtirish
  • NLP, Computer Vision va LLM yo‘nalishlaridagi loyihalarda ishtirok etish
  • Ma’lumotlar sifati va qayta ishlash jarayonlarini takomillashtirish

Nomzodga qo'yiladigan talablar

  • Axborot texnologiyalari yoki dasturiy injiniring yo‘nalishida oliy ma’lumot
  • Axborot texnologiyalari sohasida kamida 2 yillik amaliy tajriba
  • Middle yoki Senior darajadagi malaka
  • Python dasturlash tilini ishonchli darajada bilish
  • Matematika va statistika bo‘yicha bilimlar
  • Machine Learning va Deep Learning bo‘yicha bilim va tajriba
  • Relyatsion va NoSQL ma’lumotlar bazalari bilan ishlash tajribasi
  • NLP, Computer Vision yoki LLM yo‘nalishlaridan biri yoki bir nechtasida tajriba

Ushbu vakansiyaga ariza topshirish

Quyidagi formani to'ldiring va rezyumeingizni yuklang. Biz uni ko'rib chiqib siz bilan bog'lanamiz.

Rezyume (CV) yuklang
Bosh mutaxassis — Data Engineer | Pharm Service