Dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi

Dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha bosh mutaxassis

Tafsilotlar

Ish rejimi

To`liq stavka

Manzil

BioPharma City

Maosh

Kelishilgan holda

Muddati

14.08.2026

Savollaringiz bormi?

Ushbu vakansiya bo'yicha qo'shimcha ma'lumot olish yoki bevosita bog'lanish uchun quyidagi aloqa vositalaridan foydalanishingiz mumkin.

Lavozim tavsifi

“Pharm Service” davlat muassasasi dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlarini tashkil etish va kuzatib borish uchun malakali bosh mutaxassisni ishga taklif etadi.

Mutaxassis ro‘yxatdan o‘tkazish dosselarini tayyorlash va tahlil qilish, hujjatlarning amaldagi talablarga muvofiqligini tekshirish, shuningdek, arizachilar, ishlab chiqaruvchilar va vakolatli tashkilotlar bilan ishlash uchun mas’ul bo‘ladi.

Vazifalar va majburiyatlar

  • Dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish dosselarini tayyorlash, tahlil qilish va kuzatib borish
  • Taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligi va to‘g‘riligini tekshirish
  • Hujjatlarning amaldagi normativ-huquqiy va ro‘yxatdan o‘tkazish talablariga muvofiqligini baholash
  • Arizachilar, ishlab chiqaruvchilar va vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish
  • Xizmat xatlari, xulosalar va boshqa tegishli hujjatlarni tayyorlash
  • Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarining bosqichlari va muddatlarini nazorat qilish
  • Normativ-huquqiy hujjatlardagi o‘zgarishlarni muntazam o‘rganib borish
  • Ichki ish jarayonlarini takomillashtirishda ishtirok etish

Nomzodga qo'yiladigan talablar

  • Oliy farmatsevtika ma’lumoti
  • Ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘nalishida qo‘shimcha ixtisoslashuv yoki o‘quv kurslari mavjudligi afzallik hisoblanadi
  • Farmatsevtika sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi
  • Hujjatlarni savodli va professional tarzda tayyorlash ko‘nikmasi
  • Tahliliy fikrlash, mas’uliyat va tafsilotlarga e’tibor
  • Ingliz tilini C1 darajasida bilish
  • Rus tilini C1 darajasida bilish
  • Kompyuter dasturlari va elektron hujjat aylanish tizimlaridan foydalanish ko‘nikmasi

Ushbu vakansiyaga ariza topshirish

Quyidagi formani to'ldiring va rezyumeingizni yuklang. Biz uni ko'rib chiqib siz bilan bog'lanamiz.

Rezyume (CV) yuklang
Dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha bosh mutaxassis | Pharm Service