Tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha bosh mutaxassis
Tafsilotlar
Ish rejimi
To`liq stavka
Manzil
Tashkent Pharma Park
Maosh
Kelishilgan holda
Muddati
02.10.2026
Savollaringiz bormi?
Ushbu vakansiya bo'yicha qo'shimcha ma'lumot olish yoki bevosita bog'lanish uchun quyidagi aloqa vositalaridan foydalanishingiz mumkin.
Lavozim tavsifi
“Pharm Service” davlat muassasasi tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlarini tashkil etish va kuzatib borish uchun malakali bosh mutaxassisni ishga taklif etadi.
Nomzod ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarini tayyorlash va tahlil qilish, arizachilar hamda ishlab chiqaruvchilar bilan ishlash, shuningdek, hujjatlarning amaldagi talablar asosida rasmiylashtirilishini ta’minlash uchun mas’ul bo‘ladi.
Vazifalar va majburiyatlar
- Tibbiy buyumlar va tibbiy texnika bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish dosselarini tayyorlash, tahlil qilish va kuzatib borish
- Taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligi va to‘g‘riligini tekshirish
- Arizachilar, ishlab chiqaruvchilar va vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish
- Xizmat xatlari, xulosalar va boshqa tegishli hujjatlarni tayyorlash
- Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarining bosqichlari va muddatlarini nazorat qilish
- Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar va talablarni o‘rganib borish
- Ichki ish jarayonlarini takomillashtirishda ishtirok etish
Nomzodga qo'yiladigan talablar
- Oliy farmatsevtika ma’lumoti
- Ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘nalishida qo‘shimcha ixtisoslashuv yoki o‘quv kurslari mavjudligi afzallik hisoblanadi
- Farmatsevtika sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi
- Hujjatlarni savodli va professional tarzda tayyorlash ko‘nikmasi
- Tahliliy fikrlash, mas’uliyat va tafsilotlarga e’tibor
- Ingliz tilini C1 darajasida bilish
- Rus tilini C1 darajasida bilish
- Kompyuter dasturlari va elektron hujjat aylanish tizimlaridan foydalanish ko‘nikmasi
Ushbu vakansiyaga ariza topshirish
Quyidagi formani to'ldiring va rezyumeingizni yuklang. Biz uni ko'rib chiqib siz bilan bog'lanamiz.