Farmatsevtika ishlab chiqarishi texnologi
Tafsilotlar
Ish rejimi
To`liq stavka
Manzil
Tashkent Pharma Park
Maosh
Kelishilgan holda
Muddati
14.08.2026
Savollaringiz bormi?
Ushbu vakansiya bo'yicha qo'shimcha ma'lumot olish yoki bevosita bog'lanish uchun quyidagi aloqa vositalaridan foydalanishingiz mumkin.
Lavozim tavsifi
Pharm Service farmatsevtika ishlab chiqarish jarayonlarini tahlil qilish, texnologik hujjatlarni ishlab chiqish hamda korxonalarni xalqaro va milliy GxP talablariga muvofiq tayyorlashda ishtirok etadigan Farmatsevtika ishlab chiqarishi texnologi lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi.
Ushbu lavozimdagi mutaxassis dori vositalarini ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik bosqichlar, ishlab chiqarish hujjatlari, sifat tizimi va GMP talablariga muvofiqlik bo‘yicha amaliy ishlarni olib boradi.
Vazifalar va majburiyatlar
- Farmatsevtika ishlab chiqarish jarayonlarini tahlil qilish va optimallashtirishda ishtirok etish.
- Texnologik reglamentlar, yo‘riqnomalar, SOP/SOJ va boshqa ishlab chiqarish hujjatlarini tayyorlashda ishtirok etish.
- Ishlab chiqarish uchastkalari va texnologik jarayonlarning GMP talablariga muvofiqligini baholash.
- Korxonalarni GMP sertifikatlashtirish va inspeksiyalarga tayyorlash jarayonida ishtirok etish.
- Validatsiya, kvalifikatsiya va texnologik jarayonlarni hujjatlashtirish bo‘yicha ishlarni bajarish.
- Ishlab chiqarish jarayonida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
- Ichki audit, trening va maslahat xizmatlarida ishtirok etish.
- Mijoz korxonalarga ishlab chiqarish texnologiyasi va GxP talablariga oid amaliy tavsiyalar berish.
Nomzodga qo'yiladigan talablar
- Farmatsevtika, kimyo-texnologiya, biotexnologiya yoki tegishli yo‘nalishda oliy ma’lumot.
- Farmatsevtika ishlab chiqarish sohasida ish tajribasi.
- Dori vositalarini ishlab chiqarish jarayonlari haqida amaliy bilimga ega bo‘lish.
- GMP talablari, SOP/SOJ, validatsiya va kvalifikatsiya bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lish.
- Texnologik va ishlab chiqarish hujjatlari bilan ishlash ko‘nikmasi.
- O‘zbek va rus tillarini bilish.
- Ingliz tilini bilish qo‘shimcha ustunlik hisoblanadi.
- Mas’uliyatli, tartibli va analitik fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lish.
Ushbu vakansiyaga ariza topshirish
Quyidagi formani to'ldiring va rezyumeingizni yuklang. Biz uni ko'rib chiqib siz bilan bog'lanamiz.