Marketing va sotuv bo'limi

Sotuv menejeri

Детали

Режим работы

Полная ставка

Адрес

Toshkent Pharma Park

Зарплата

По договоренности

Срок подачи

10.07.2026

Есть вопросы?

Вы можете связаться с нами напрямую для получения дополнительной информации по этой вакансии.

Описание вакансии

Pharm Service farmatsevtika sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlarni targ‘ib qilish va sotish jarayonida faol ishtirok etadigan, tashabbuskor va natijaga yo‘naltirilgan Sotuv menejeri lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi.

Ushbu lavozimdagi xodim mahalliy va xorijiy farmatsevtika kompaniyalari, ishlab chiqaruvchilar, distribyutorlar, investorlar hamda soha hamkorlari bilan muloqot olib boradi, Pharm Service xizmatlarini taqdim etadi va mijozlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish jarayonida ishtirok etadi.

Обязанности и задачи

  • Mahalliy va xorijiy farmatsevtika kompaniyalari, ishlab chiqaruvchilar, distribyutorlar va potensial hamkorlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish.
  • Pharm Service xizmatlarini mijozlarga taqdim etish va targ‘ib qilish.
  • Dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, GxP konsalting, sertifikatlashtirishga tayyorlash, bozorga kirish bo‘yicha maslahatlar va boshqa xizmatlar bo‘yicha mijozlarga ma’lumot berish.
  • Yangi mijozlar va biznes imkoniyatlarini aniqlash.
  • Tijorat takliflari, taqdimotlar va hamkorlik bo‘yicha yozishmalarni tayyorlashda ishtirok etish.
  • Mijozlar bilan uchrashuvlar, muzokaralar, ko‘rgazmalar, forumlar va B2B tadbirlarda ishtirok etish.
  • Ichki bo‘limlar bilan hamkorlik qilib, mijozlarga to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot berilishini ta’minlash.
  • Mijozlar bazasini yuritish va muzokaralar holatini muntazam yangilab borish.
  • Savdo natijalari, mijozlar ehtiyojlari va bozor bo‘yicha hisobotlar tayyorlashda ishtirok etish.

Требования к кандидату

  • Savdo, biznesni rivojlantirish, mijozlar bilan ishlash yoki farmatsevtika sohasida tajribaga ega bo‘lish.
  • Muloqot qilish, muzokara olib borish va taqdimot qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
  • Farmatsevtika sohasi haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lish.
  • Mahalliy va xorijiy mijozlar bilan ishlash qobiliyati.
  • O‘zbek va rus tillarini yaxshi bilish.
  • Ingliz tilini bilish qo‘shimcha ustunlik hisoblanadi.
  • Mas’uliyatli, tartibli, tashabbuskor va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lish.
  • Mustaqil ishlash va jamoa bilan hamkorlik qilish qobiliyati.
  • Kompyuter dasturlari, elektron pochta va CRM yoki mijozlar bazasi bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish.

Подать заявку на эту вакансию

Заполните форму ниже и загрузите свое резюме. Мы свяжемся с вами после рассмотрения.

Загрузить резюме (CV)
Sotuv menejeri | Pharm Service