O‘zbekiston va Malayziya: biofarmatsevtika sohasida yangi investitsiya loyihalari muhokama qilindi

14 avgust 2026
184
Ulashish
O‘zbekiston va Malayziya: biofarmatsevtika sohasida yangi investitsiya loyihalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Malayziya: biofarmatsevtika sohasida yangi investitsiya loyihalari muhokama qilindi


Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Malayziyaning GREENTACT HEALTHCARE SDN. BHD. kompaniyasi asoschisi Datuk Mohd Ghazali Bin Hj Ahmad bilan uchrashuv o‘tkazdi.


Muloqotda O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida biofarmatsevtika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni mahalliylashtirish va yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.


Xususan, insulin va uning analoglari, shuningdek, inson papilloma virusiga (HPV) qarshi vaksinalarni O‘zbekistonda mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.


Mehmonlarga "BioPharma City" farmatsevtika klasteri salohiyati, zamonaviy ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot infratuzilmasi, investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, soliq va bojxona imtiyozlari haqida ma’lumot berildi.


Mazkur tashabbuslar O‘zbekistonda biofarmatsevtika sohasida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar turini ko‘paytirish va xalqaro investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

O‘zbekiston va Malayziya: biofarmatsevtika sohasida yangi investitsiya loyihalari muhokama qilindi 1
O‘zbekiston va Malayziya: biofarmatsevtika sohasida yangi investitsiya loyihalari muhokama qilindi 2
O‘zbekiston va Malayziya: biofarmatsevtika sohasida yangi investitsiya loyihalari muhokama qilindi 3
Ulashish

Farmatsevtika xizmatlari uchun onlayn ariza yuboring

Arizalarni yuborish va Pharm Service xizmatlaridan foydalanish uchun biz bilan bog‘laning.