Yaponiya kompaniyalari vakillari O‘zbekistondagi tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlariga tashrif buyurdilar

6 noyabr 2026
282
Ulashish
Yaponiya kompaniyalari vakillari O‘zbekistondagi tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlariga tashrif buyurdilar

Yaponiya kompaniyalari vakillari O‘zbekistondagi tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlariga tashrif buyurdilar


Avvalroq Pharm Service tomonidan Yaponiyaning Fujikura Kasei, Eiken Chemical va PHC Corporation kompaniyalari vakillari ishtirokida “Yaponiya tibbiyot texnologiyalari O‘zbekistonda” biznes-forumi tashkil etilgan edi.


Forumning amaliy davomi sifatida Yaponiya kompaniyalari vakillari Pharm Service ko‘magida AKFA Medline, Shox Med hamda tibbiy jihozlar ishlab chiqaruvchi Medical Test kompaniyasiga tashrif buyurdilar.


Tashriflar davomida tomonlar tibbiy xizmatlar, ishlab chiqarish imkoniyatlari, zamonaviy tibbiyot texnologiyalari va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdilar.


Shuningdek, Yaponiyaning IVD mahsulotlari va texnologiyalarini O‘zbekistonda joriy etish, mahalliy ishlab chiqarish imkoniyatlari, texnologiyalar transferi hamda o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.


Mazkur tashriflar Yaponiya kompaniyalari va O‘zbekistonning tibbiyot hamda farmatsevtika sohasi vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish va yangi hamkorlik loyihalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Yaponiya kompaniyalari vakillari O‘zbekistondagi tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlariga tashrif buyurdilar 1
Yaponiya kompaniyalari vakillari O‘zbekistondagi tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlariga tashrif buyurdilar 2
Yaponiya kompaniyalari vakillari O‘zbekistondagi tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlariga tashrif buyurdilar 3
Ulashish

Farmatsevtika xizmatlari uchun onlayn ariza yuboring

Arizalarni yuborish va Pharm Service xizmatlaridan foydalanish uchun biz bilan bog‘laning.