Hindistonning Lilavati Hospital & Research Centre bilan tibbiyot sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

18 avgust 2026
166
Ulashish
Hindistonning Lilavati Hospital & Research Centre bilan tibbiyot sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Hindistonning Lilavati Hospital & Research Centre bilan tibbiyot sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi


Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Hindistonning yetakchi ko‘p tarmoqli tibbiyot muassasalaridan biri — Lilavati Hospital & Research Centre vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.


Muloqotda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida tibbiyot sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, zamonaviy tibbiy texnologiyalarni joriy etish, mutaxassislar salohiyatini oshirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.


Tomonlar tibbiyot sohasida tajriba va bilim almashish, ilg‘or tibbiy texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarni joriy etish, ilmiy-tadqiqot va ta’lim yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.


Shuningdek, Hindiston tomoniga O‘zbekistonda tibbiyot va farmatsevtika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, investitsiyaviy imkoniyatlar hamda "BioPharma City" farmatsevtika klasteri doirasida shakllanayotgan zamonaviy tibbiy va ilmiy infratuzilma haqida ma’lumot berildi.

Hindistonning Lilavati Hospital & Research Centre bilan tibbiyot sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi 1
Hindistonning Lilavati Hospital & Research Centre bilan tibbiyot sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi 2
Ulashish

Farmatsevtika xizmatlari uchun onlayn ariza yuboring

Arizalarni yuborish va Pharm Service xizmatlaridan foydalanish uchun biz bilan bog‘laning.