NEMLUVIO atopik dermatitda 3 yilgacha davom etadigan natijalarni ko‘rsatdi
NEMLUVIO atopik dermatitda 3 yilgacha davom etadigan natijalarni ko‘rsatdi
Galderma kompaniyasi atopik dermatitni davolashda qo‘llaniladigan NEMLUVIO preparati bo‘yicha yangi uzoq muddatli ma’lumotlarni taqdim etdi.
Atopik dermatit — terining qizarishi, quruqligi, yallig‘lanishi va kuchli qichishish bilan kechadigan surunkali kasallik.
Tadqiqotda 12 yosh va undan katta bemorlar kuzatilgan. Davolashning 16-haftasida yaxshi javob bergan bemorlarning aksariyatida natijalar 3 yilgacha saqlanib qolgan.
152-haftaga kelib:
🔹 76% bemorda teri toza yoki deyarli toza holatga kelgan;
🔹 80% bemorda kasallik og‘irligi kamida 90% ga kamaygan;
🔹 50% bemorda teridagi shikastlanishlar to‘liq yo‘qolgan;
🔹 80% bemorda qichishish yo‘q yoki deyarli yo‘q darajaga tushgan.
Shuningdek, umumiy tadqiqot guruhida bemorlarning katta qismida teri holati, qichishish va hayot sifatida uzoq muddatli yaxshilanish kuzatilgan.
2–11 yoshli bolalarda ham 52 haftagacha davom etgan ijobiy natijalar qayd etilgan.
Uzoq muddatli kuzatuv davomida yangi xavfsizlik muammolari aniqlanmagan.
O'xshash materiallar
Farmatsevtika xizmatlari uchun onlayn ariza yuboring
Arizalarni yuborish va Pharm Service xizmatlaridan foydalanish uchun biz bilan bog‘laning.