Janubiy Koreyaning «Ester Cosmetics» kompaniyasi bilan kosmetika sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

11 avgust 2026
145
Ulashish
Janubiy Koreyaning «Ester Cosmetics» kompaniyasi bilan kosmetika sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Janubiy Koreyaning «Ester Cosmetics» kompaniyasi bilan kosmetika sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi


Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Janubiy Koreyaning Incheon shahrida joylashgan «Ester Cosmetics» kompaniyasining ishlab chiqarish korxonasida bo‘ldi.


Kompaniya prezidenti Park Kvang Jae bilan o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekistonda talab yuqori bo‘lgan kosmetika mahsulotlarini investitsiya kiritish hamda shartnoma (OEM/ODM) asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.


Shuningdek, delegatsiya korxonaning zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, mahsulot sifati nazorati va ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.

Uchrashuv yakunida mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni amaliy bosqichga olib chiqish yuzasidan keyingi qadamlar belgilab olindi.


Ma’lumot uchun: «Ester Cosmetics» 2010 yilda tashkil etilgan bo‘lib, teri parvarishi va dekorativ kosmetika mahsulotlarini OEM/ODM asosida ishlab chiqaradi. Kompaniyaning yillik ishlab chiqarish quvvati 50 million dona kosmetika mahsulotini tashkil etadi.

Janubiy Koreyaning «Ester Cosmetics» kompaniyasi bilan kosmetika sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi 1
Janubiy Koreyaning «Ester Cosmetics» kompaniyasi bilan kosmetika sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi 2
Janubiy Koreyaning «Ester Cosmetics» kompaniyasi bilan kosmetika sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi 3
Ulashish

Farmatsevtika xizmatlari uchun onlayn ariza yuboring

Arizalarni yuborish va Pharm Service xizmatlaridan foydalanish uchun biz bilan bog‘laning.