O‘zbekiston–Koreya biznes forumida farmatsevtika va kosmesevtika sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

12 avgust 2026
162
Ulashish
O‘zbekiston–Koreya biznes forumida farmatsevtika va kosmesevtika sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston–Koreya biznes forumida farmatsevtika va kosmesevtika sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi


Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston–Koreya biznes forumida ishtirok etdi.


Forumda Koreya Respublikasi Hukumati vakillari, yirik kompaniyalar rahbarlari hamda ishbilarmon doiralar ishtirokida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda yangi investitsiya tashabbuslarini ilgari surish masalalari muhokama qilindi.


Tadbir doirasida farmatsevtika va kosmetika sohasida faoliyat yurituvchi MIBA kompaniyasi rahbariyati bilan alohida muzokaralar o‘tkazildi. Uchrashuvda O‘zbekistonda farmatsevtika va kosmesevtika sanoatini rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar, investitsiyaviy imtiyozlar hamda «BioPharma City» klasteri salohiyati taqdim etildi.


Muzokaralar davomida O‘zbekistonda qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish, investitsiyalarni jalb etish va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.


Uchrashuv yakunida MIBA kompaniyasi rahbariyati hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini muhokama qilish maqsadida mamlakatimizga taklif etildi.

O‘zbekiston–Koreya biznes forumida farmatsevtika va kosmesevtika sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi 1
Ulashish

Farmatsevtika xizmatlari uchun onlayn ariza yuboring

Arizalarni yuborish va Pharm Service xizmatlaridan foydalanish uchun biz bilan bog‘laning.