Ozish uchun GLP-1 dorilarini qabul qilayotganlarda atirlarga qiziqish oshishi mumkin

19 oktabr 2026
334
Ulashish
Ozish uchun GLP-1 dorilarini qabul qilayotganlarda atirlarga qiziqish oshishi mumkin

Ozish uchun GLP-1 dorilarini qabul qilayotganlarda atirlarga qiziqish oshishi mumkin


Parfyumeriya kompaniyalari GLP-1 guruhidagi ozdiruvchi dorilar — masalan, Wegovy va Mounjaro — odamlarning hid va ta’mga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishi mumkinligini o‘rganmoqda.


Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, GLP-1 preparatlarini qabul qilayotgan ayrim odamlar ovqatga bo‘lgan ishtahasi kamaygani sari yoqimli hidlardan ko‘proq zavq olishga moyil bo‘lishi mumkin.


Shu sababli parfyumeriya ishlab chiqaruvchilari oziq-ovqatga o‘xshash hidlar — vanil, banan, qaymoq, pista, kakao, kunjut, matcha, hatto achchiq va sho‘r notalar bilan tajribalarni kengaytirmoqda.


Reuters keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra:

  1. AQShda GLP-1 foydalanuvchilari atir va parfyumeriya mahsulotlariga o‘rtacha odamga qaraganda 26% ko‘proq xarajat qilgan;
  2. “gourmand” deb ataladigan, ya’ni oziq-ovqat hidlarini eslatuvchi atirlar bozordagi eng tez rivojlanayotgan yo‘nalishlardan biriga aylangan;
  3. so‘nggi ikki yil ichida bunday hidlarning yangi mahsulotlardagi ulushi 9% dan 24% gacha oshgan.

Mutaxassislar GLP-1 dorilari hid va ta’mni qabul qilishga ta’sir qilishi mumkinligini inkor etmayapti, biroq bu bog‘liqlikni aniq tasdiqlash uchun yana ko‘proq ilmiy tadqiqotlar zarur.

Ulashish

Farmatsevtika xizmatlari uchun onlayn ariza yuboring

Arizalarni yuborish va Pharm Service xizmatlaridan foydalanish uchun biz bilan bog‘laning.